Gumbaz madrasa
Gumbaz madrasa — Andijon viloyatidagi me’moriy yodgorlik (1872). Bosh tarzidagi yozuvda mahalliy boy Abdulhamidhoji buyurtmasi asosida Buvanazar o’g’li Quramboy rahbarligida qurilgani qayd etilgan. Madrasa dastlab ikki qavatli, Chortoq tarxli hujralar, masjid xamda darsxona va atrofi de- vor b-n o’ralgan kichik hovlidan ibo- rat bo’lgan (peshtoq-gumbazli bino va ikki qavatli hujralar saqlangan). Bosh tarzi burchaklariga bezakdor mezana — guldastalar qurilgan. Darvozaxona va hujralar tomi gumbaz b-n qoplangan. Peshtoqining ikki yonidagi hujralar tepasidagi ayvonlar shifti hovuzaqli. Peshtoq bezakdor panjarali ravoqlar tizmasi b-n, usti esa kungirador bezak b-n yakunlanib, ikki yoniga ustungo’shalar ishlangan, ganch va girih naqsh b-n par- dozlangan. Ravoqsimon, tokchalari ichi- da husnixat arabiy yozuvlar, guldor naqshlar hamda madrasani ta’mirlagan (1914) usta So’fixon nomi saqlangan.