GUMMI SMOLALAR

GUMMI SMOLALAR — o’simlik smolalari; tarkibida 11 — 55% yelim va efir moylari bo’ladi. Gummi smolalar boshqa smolalardan odatdagi organik erituvchilarda oz eruvchanligi bilan farq qiladi. Xloralgidratning suvdagi 60%li eritmasida to’liq eriydi. Tibbiyotda plastirlar tayyorlashda ishlatiladi.