Gumus

Gumus (lot. humus — tuproq), chi- rindi — tuproqning nisbatan barqaror, odatda, qoramtir organik birikmalari majmui; nobud bo’lgan o’simlik va hayvon organizmining biologik hamda biokimyo- viy o’zgarishi (chirishi va undan murak- kab yangi moddalarning sintezlanishi) natijasida hosil bo’ladi. G. tarkibiga organik qoldiq moddalar (oqsillar, uglevodlar, lignin, yog’lar va b.), ular- ning o’zgarishi vaqtida vujudga kelgan oraliq mahsulotlar (aminokislotalar, oksikislotalar, fenollar, monosaxarid- lar va h. k.) va guminli moddalar kiradi. G. tuproq unumdorligini ta’minlovchi eng muhim qismdir. Unda o’simlikning asosiy oziq elementlari (uglerod, azot, fosfor va b.) bor. O’simlik krldikla- rining chirishidan oddiy birikmalar vujudga keladi. Mas, mikroorganizmlar ta’sirida ulardan uglerod, karbonat an- gidrid, azot, fosfor va oltingugurt ni- tratlar xamda sulfatlar shaqlida, shu- ningdek, boshqa elementlar o’simliklar o’zlashtira oladigan birikmalar holida ajralib chiqadi. G. kaltsiy, magniy va b. kimyoviy elementlarni singdiradi hamda tuproqda ushlab turadi, tuproqning mi- neral qismini bir-biri b-n biriktirib, donadorlikni vujudga keltiradi. Bu- ning natijasida tuproqning mustahkam, suvga bardoshli tarkibi hosil bo’ladi. G.ning to’planishi har yili tuproqqa tushadigan organik qoldiqlar (ildiz) ning miqdori, ularning biologik hamda kimyoviy o’zgarishi va tuproq mikro- florasi xarakteri (zamburug’li, bak- teriyali, anaerob yoki aerobligi) b-n belgilanadi. G. birikmalari va ular- ning tuproqda tarqalishi tuproq ti- pining muhim belgisi qisoblanadi. Ergash Ziyamuhamedov.