GUNIB

GUNIB — Kavkaz urushi (1817 — 64) davrida Shomil uchun so’nggi boshpana bo’lgan ichki Dog’istondagi ovul. 1859 yil 23 avgustda general A. I. Baryatinskiy qo’mondonligidagi rus qo’shinlari Gunibni qamal qilishgan; 25 avgustda o’zaro muzokaralardan so’ng Shomil 400 muridi bilan taslim bo’lgan.