Guno (Gounod) Sharl Fransua

Guno (Gounod) Sharl Fransua (1818.17.6, Parij — 1893.18.10, Sen- Klu, Parij yonida) — frantsuz kompo- zitori, organchi, dirijyor. Frantsuz lirik operasining yaratuvchilaridan va yirik vakili. Eng yaxshi operalari dramaturgik o’zgarishlarga boyligi, ma- ishiy sahnalarning qayotiyligi, kuy- ohanglarning samimiyligi va frantsuz milliy musika an’analariga yaqinligi, garmoniya va cholg’ulashtirish vositala- rining nafisligi b-n ajralib turadi. 12 opera (jumladan «Safo», 1850; «FA- ust», 1859; «Mireyl», 1864; «Romeo va Juletta», 1864), 2 simfoniya, diniy mavzudagi oratoriya, messa va Rekviem- lar, cholg’u ansambllari, fortepiano pesalari, xorlar, 200 dan ortiq ro- Mans va qo’shiqlarning muallifi. G.ning «Faust», «Romeo va Juletta» operala- ri Navoiy teatrida muntazam qo’yilib kelmoqda.