Gupsar
Gupsar-qadimgi o’zbek harbiy atamalaridan biri. Qo’y yoki qoramolni yormasdan sanoch qilib shilib, junini tozalab, ichini havo bilan to’ldirib, ustiga minib, suvdan, daryodan kechib o’tadigan meshga o’xshagan moslama. Daryodan juda ko’p kishi yoki otlar, ko’plab chorva mollarini o’tkazish chog’ida qo’y yoki qoramolning bir nechtasini sanoch shaklida shilib, terisini havo bilan to’ldirib, bir-biriga bog’lab, ustiga qamish tashlab so’ngra o’tilgan.