Gurdush (Go’jayli) qabristoni
Gurdush (Go’jayli) qabristoni — quyi Zarafshonning qad. o’zanida joylashgan, jez davriga oid kabriston. 1953 y.da ya.G’.G’ulomov tomonidan o’rganilgan. G. q.da 5 ta yorma qabr tekshirilgan. Mayyitlar bukchay- gan holda bir yoni b-n dafn etilgan. Chirib, kukunga aylangan skeletlarning bilaklari, oyoq va umurtg’a suyaklari o’rnida qimmatbaho toshlar va jezdan yasalgan qo’shaloq bilaguzuklar, tur- li xil munchoqlar, quloq yaqinida esa isirg’alar bor. Har bir qabrda sirti naqshlangan 1-2 ta tuvaksimon sopol idish yoki ularning parchalari uchraydi. G. q.ga o’xshash yodgorliklar qad. Xo- razm, Farg’ona vodiysi, Toshkent va Samarqand viloyatlarida ham topil- gan. Bular mil. AV. 2-ming yillikning 2-yarmida O’rta Osiyo cho’l va dashtlari- da istiqomat qilgan o’troq chorvador qabilalarning moddiy madaniyat tari- xini o’rganish uchun qimmatli manbadir. Ad.: Gulyamov Ya. G., Arxeologicheskie ra-boti k zapadu ot Buxarskogo oazisa, Tru- Di in-ta istorii arxeologii an UzSSR, VIP. 8, T., 1956; Gulyamov Ya. G., Islamov U., Askarov A., Pervobitnaya kultura i vozniknovenie oroshaemogo zemledeliya v nizovyax Zarafshana, T., 1966.