Guron, Xyuron

Guron, Xyuron (Huron — indeys- lar qabilasi nomidan) — shim. Ameri- kadagi ko’l, AQSh va Kanada hududlarida. Kattaligi jihatidan Buyuk ko’llar ichi- da 2-o’rinda. Mayd. 59,6 ming km2. Eng chuqur joyi 208 m. Shim. sohillari ba- Land, qoyali, Jan. — past. Shim.-g’arbda Sent-Meris daryosi orqali yuqori ko’l b-n; Makino bo’g’ozi orqali Michigan ko’li b-n; Jan.da Sent-Kler daryosi, Sent-Kler ko’li va Detroyt daryosi orqali eri ko’li b-n tutashgan. G.ga ko’p mayda daryolar quyiladi, undan fakat Sent-Kler daryosi oqib chiqadi. Suv sathining balandligi deyarli o’zgarmaydi. Dek.dan apr.gcha muz- laydi. Ko’l baliqqa boy (gulmoqi, Taran, laqqabaliq va b.). Kema qatnaydi. Yirik portlari: Sarniya, Midlend (Kanada), Alpina (AQSh) va b.