G’URRAKLAR

G’URRAKLAR — kaptarsimonlar turkumiga mansub bir necha tur qushlarning umumiy nomi. Tanasi 14-30 santimetr. Yaltiramaydi, tomog’ida qora dog’lar bor. Dumi uzun. Yer yuzida keng tarqalgan. O’zbekistonda bir urug’ga mansub 4 turi (qumri, oddiy g’urrak, tog’ g’urragi, musicha) uchraydi. Daraxt, buta va binolar peshtog’iga uya yasaydi. Yilda 2-3 marta va undan ham ko’p 2 tadan tuxum qo’yadi. Tuxumlarini nari va modasi navbat bilan 13-14 kun bosadi. G’urraklar, asosan, donlar bilan oziqlanadi. Ayrim turlari ov ob’yekti hisoblanadi.