Guruch

Guruch — sholini oqlab olinadigan asosiy don; oziq-ovqat mahsulotlaridan biri. Sholi oqlanganda silliq, yirik G. b-n birga oqshoq ham tushadi. G. ning qaysi navli sholidan olinishiga qarab turlari ko’p. Mas, devzira, jaydari, avangard, alanga, gulzor, kizil g. va b. Tarkibida o’rtacha 14% suv, 75,2% ugle- VOD (asosan kraxmal), 7,7% oqsil, 0,4% yog’, 2,2% kletchatka va 0,5% kul bo’ladi. Vatani Osiyo bo’lib, shu qit’ada yashovchi xalqlarning pazandachiligida asosiy ma- sallik, hisoblanadi. G.dan to’yimli, tez hazm bo’ladigan taomlar tayyorlanadi (q. Sholi).