Gurvak

Gurvak — qovunning serhosil, yozgi, o’rtapishar navi guruhi. Po’sti ran- giga qarab ola g., qora g., ko’k g., oq g., xillari bor. Ola G. urug’dan chiqqandan keyin 90-105 kunda pishadi. Shaqli dumaloq, ba’zan tuxumsimon, yirik, og’irligi 5-9 kg. Sirti tekis, to’rlari yirik. Tusi oqish, to’q yashil xollari bor. Po’sti qattiq. Eti 7-9 sm, oq, sershira, yumshoq, shirin, tarkibida 8,8—10,4% qand bor. Urug’i yirik, nashtar shaqlida, oq. Qora G. urug’dan chiqqandan keyin 85-95 kunda pishadi. Shaqli dumaloq yoki tuxumsimon, yirik, og’irligi 5-7 kg. Sirti silliq, hamma joyi to’r b-n qoplangan, to’rlari yirik, bir-biriga kam tutashgan. Tusi to’q yashil, oqish nuqtalari bor. Po’sti qattiq. Eti 5-7,5 sm, oq, yumshoq, shirin, tarkibida 7,2— 9,2% qand bor. Ko’k G. urug’dan chiqqandan keyin 95-105 kunda pishadi. Shaqli dumaloq, yirik, og’irligi 5-8 kg. Sir- ti tekis, yashil. Po’sti qattiq. Eti 6-8 sm, yashil, sershira, tarkibida 7,4— 9,7% qand bor. O q g. urug’dan chiqqandan keyin 85-95 kunda pishadi. Shaqli dumaloq, yirik, og’irligi 5-7 kg. Sirti tekis, serto’r. Tusi och yashil. Po’sti qattiq. Eti 5-6 sm, oq, sershira, tarkibida 7,6— 10,4% qand bor. G. asosan Xorazm vilo- yati va Qoraqalpog’iston Respublikasida eqiladi.