Gusanlar

Gusanlar — arman xalq qo’shiqchi, dostonchi va sozandalari. G. san’ati Ar- manistonda qadimdan (dastlabki ma’lu- motlar 5-a. yozma manbalarida bor) ma’- lum. O’rta asrlarda arman xalq teatri ish- tirokchilarini ham g. deb atashgan. Ular turli tadbir (tuy bazmi, sayil, ma’raka va b.)da qatnashib, ishq-muhabbat, xalq qahramonlari, o’yin-kulgi b-n bog’liq qo’shiqlarni, alla, yig’i kabilarni ijro etishgan, o’zlari xam monodiya uslubida asarlar yaratishgan. 17-a.dan g. ijodi za- minida ashuglar san’ati rivoj topdi. G.lar faoliyati o’zbek dostonchilik va ba- stakorlik an’analariga yaqin.