Gushsoy, Yong’oqlisoy
Gushsoy, Yong’oqlisoy — tosh- kent viloyati O’rta Chirchiq tumanidagi soy. Ohangaron daryosining chap irmog’i. Qurama tizmasining shim.garbiy yon ba- gridagi Pong’oz dovonidan boshlanadi. Uz. 25 km, havzasining mayd. 142 km2. G. yuqori va o’rta qismida ancha tor, quyi qismida esa nisbatan keng vodiyda shag’al va xarsangtoshli o’zanda oqadi. Qavzasi kichik bo’lganligi va past tog’lardan oqib tushganligi uchun g. kamsuv, uning o’rtacha yillik suv sarfi qariyb 1 m3/sek. g. aso- san qor-yomg’irdan suv oladi, erta bahorda toshadi. Suv sug’orishga sarf bo’lishi va o’zan ostiga sizib ketishi tufayli etak qismi ko’pincha qurib yotadi.