GUTIYLAR

GUTIYLAR (kutiylar, guteylar) — qadimgi yarim ko’chmanchi qabilalar (miloddan avvalgi 3-2-ming yillik). Hozirgi Eron yassitog’ligining g’arbida yashashgan. Miloddan avvalgi taxminan 2200 yilda Akkadni tor-mor keltirishgan. Miloddan avvalgi 1-ming yillikda Mesopotamiya aholisi ulardan shimol va Sharqda yashayotgan xalqlarni Gutiylar deb atashgan.