Guvalyor, Gvaliyor

Guvalyor, Gvaliyor — Hindistonning shim.dagi shahar. Madhya-Pradesh shtatida. Axolisi 700 ming kishi atrofida (1990-y.lar o’rtalari). Muhim t.y. va avtomobil yo’llari tuguni. Hozirgi G. Lashkar, Mo- rar sh.lari va g.ning o’zini qo’shilishidan bunyodga kelgan. Ip gazlama f-kalari, kulolchilik, gilam to’qish korxonalari, to’qimachilik mashinasozligi, zargar- lik z-dlari va bir qancha metallsoz- lik korxonalari; arxeologiya muzeyi bor. Hunarmandchilik rivojlangan. 11 —16-a.larga oid me’moriy yodgorliklar saqlangan.