Guychjou

Guychjou — Xitoyning Jan.- g’arbidagi provintsiya. Mayd. 176,3 ming km2. Aholisi 36,5 mln. kishi (1998). Asosan xitoylar, oz qismi mayda mil- latlar. Ma’muriy markazi — Guyyan sh. G. Yunnan-Guychjou tog’ligida joy- lashgan, ohaktosh va slaneslardan tu- zilgan. Tog’lik sharqdan g’arbga 700 m dan 2872 m gacha balandlashib boradi. Karst keng tarqalgan. Eng katta daryosi — Utszyan. Iqlimi sernam, subtropik iqlim. Yillik yog’in 800-1300 mm, yog’inning ko’p qismi yozda yog’adi. Yanv.ning o’rtacha t-rasi 4-8°, iyulniki 22— 26°. Tuprog’i unum- dor (laterit, qizil vasariqtuproqlar). O’rmonlar, asosan, tog’yon bag’irlarida; qimmatbaho yog’och beradigan va b. daraxt- lar (dub, qarag’ay, choy daraxtlari) o’sadi. G. iqtisodiyotining etakchi tarmog’i— q.x. Mayd.ning 11% dan ko’prog’i ishla- nadi, shundan yarmi sug’oriladi. Asosiy ekinlari: sholi (ekin mayd. ning 40% i), makkajo’xori, bug’doy, indov, tamaki va b. Mevachilik rivojlangan. Chorvachilik yordamchi ahamiyatga ega; cho’chqa boqiladi, qoramoldan, asosan, ish hayvoni sifa- tida foydalaniladi. Tung va kamfora moyi ishlab chiqariladi, lak daraxti plantasiyalari bor, dorivor o’simliklar teriladi. G. simob qazib olishda mamla- katda etakchi o’rinda (Tunjen); mis (Vey- nin), marganes rudasi (Szuni), surma (Dushan, sandu), ko’mir, temir rudasi qazib chiqariladi. Oziq-ovqat, tamaki, to’qimachilik, kimyo, mashinasozlik (kon- chilik sanoati uchun mashinalar, trans- port mashinalari, q.x. texnikasi va b. ishlab chiqariladi), qurilish material- lari sanoati, qog’oz va yog’ochsozlik korxo- nalari bor. Asosiy sanoat markazlari — Guyyan, Tunjen.