Gvadelupa
Gvadelupa — Frantsiyaning Vest-Indiyadagi mulki. Shamolli o.lar guruhidagi yirik Gvadelupa o. va yondosh mayda orollar (Mari-talant, Dezirad, Le-Sent, Sen-Bartelmi, Ptit-ter va Senmarten o.ning shim. qismi)dan iborat. Umumiy mayd. 1,8 ming km2. Aholisi 418 ming kishi (1990-y.lar o’rtalari), asosan afrikaliklar va mu-latlar; qisman eV- ropaliklar. Ma’muriy markazi — bas- Ter. Yirik shahri va porti — Puent- a-Pitr. Rasmiy til — frantsuz tili. G.ning er yuzasi asosan ohaktoshlardan tuzilgan plato va vulkanik massivlar- dan iborat. So’nmagan Sufrier vulkani (bal. 1467 m) kichik Antil o.laridagi eng baland cho’qqidir. Orollar marjon riflari b-n o’ralgan. Iqli-mi tro- pik, passatli, issiq va sernam. Yiliga 1500-2000 mm yog’in yog’adi. Nam tro- pik o’rmonlar bor (hududining 38%). G.ni 1493 y.da X. Kolumbkashf etgan. 1635 y.da frantsuzlar bosib olgan. 1674 y.da rasman Frantsiya mustamlakasi deb e’lon qilindi. G. 19-a. boshigacha frantsuzlar b-n inglizlar o’rtasida bir necha marta qo’ldan-qo’lga o’tib turdi. 1946 y.da g. Frantsiyaning «dengiz or- tidagi departamenta» makrmini oldi. Iqtisodiyotida q. x. etakchi o’rinda. Aso- san mahsuloti eksport qilinadigan ekinlar: shakarqamish (ekin mayd. Ning 50%), banan, kofe, kakao, shuningdek ana- nas, tsitrus mevalar ham etishtiriladi. Chorvachiligida qoramol, echki va cho’chqa boqiladi. Baliq ovlanadi. Sanoati q. x. mahsulotini qayta ishlaydi. Chetga shakar, banan, rom ichimligi chiqaradi. Chetdan tamaki, ichimliklar, sanoat xom ashyosi, yoqilg’i, transport vositalari, uskunalar keltiriladi. G. eksportining 75%i, importining 90%i Frantsiyaga to’g’ri keladi. Gvadelupa tabiat parki bor. Turizm rivojlangan. Pul birligi — Frantsiya franki.