Gvatemala

Gvatemala — Gvatemala Re- spublikasi poytaxti. Gvatemala tog’ligining Jan.-Sharqiy qismidagi vodiylardan birida (1S02 m baland- likda) joylashadi. Aholisi qariyb 2,4 mln. kishi (1999), asosan indeys va kreollar. Iklimi subekvatorial, pas- satli musson iqlim. O’rtacha oylik t-ra 15-20°. Yillik yog’in 500-1000 mm. G. 1524 y.da Santyago nomi b-n qurila boshlagan. 1541 y. Agau vulkani otil- ganda va 1917 y. dek. hamda 1918 y. yanv. dagi zilzilada butunlay vayron bo’lib, keyinchalik qayta tiklangan. T. y. orqali Tinch okean sohili va Karib dengizining portlari b-n bog’langan. Xalqaro Aero- port bor. G. — mamlakatning muhim sa-noat markazi. Oziq-ovqat, to’qimachilik, ko’n poyabzal, mebel korxonalari, t. y. ustaxonalari bor. Me’moriy yodgorli- klardan katolik sobori (1782-1815) saklangan. G.da bir necha un-t, Oliy po- litexnika maktabi, harbiy akademiya, Iqgisod maktabi, Milliy konservato- riya, FA (1930), Milliy in-t (1945), An- tropologiya va tarix in-ti (1946), Mete- orologiya va seysmologiya in-ti, rasadxo- na, Milliy kutubxona va b. bor.