GVAYAK SMOLASI
GVAYAK SMOLASI — gvayak daraxti (Guaiacum offi cinale)ning o’zagi tarkibida (22% gacha) uchraydigan smola. Qizil-qo’ng’ir rangli bo’lib, spirt, atseton, efir va ishqorlarda eriydi. Suyuqlanish temperaturasi 85°, zichligi 1200 kg/ m3. Maydalangan daraxt tanasini quruq haydash yoki qaynatish yo’li bilan olinadi. Gvayak smolasining spirtdagi eritmasi oksidlovchilar ta’sirida yashil yoki havo rang tusga kiradi. Gemoglobinga reaktiv sifatida qo’llaniladi.