GVIANA YASSITOG’LIGI
GVIANA YASSITOG’LIGI — Jan. Amerikaning shim.-sharqidagi yassitog’lik. Shim. va janubda Orinoko va Amazonka pasttekisliklari, G’arb va Sharqda and tog’lari va Atlantika okea- ni oralig’ida. G’arbdan sharqqa 2000 km ga cho’zilgan. Eng baland nuqtasi 3014 m (Neblina tog’i). Kembriydan oldingi kristall jinslardan tuzilgan. Yirik temir ruda, shuningdek oltin, olmos kon- lari, dunyo ahamiyatiga ega boksit, uran va marganes rudasi konlari bor. Iqpimi issiq, subekvatorial (o’rtacha oylik t-ra 22 — 28°). Yiliga 1200 mm dan 3500 mm gacha yog’in yog’adi. Dare ko’p. G. ya. Hududida dunyodagi eng baland (1054 m) Anxel sharsharasi bor. Qizil-sariq laterit tuproqli erlarda sernam tropik o’rmon (gileya) lar keng tarqalgan. Hayvonot dunyosi juda boy. Bu erda Neotropik ob- lastning Braziliya kichik oblastiga man- sub yapaloq burunli maymunlar, yalqov, chumolixo’r, zirhlilar, tapir, yaguar kabi hayvonlar, parrandalar, hasharotlar yashaydi. G. ya. da aholi siyrak. Kam sonli indeyslar ovchilik, baliq tutish va ibti- Doiy dehqonchilik b-n shug’ullanadi. Chet el kompaniyalari bu erda er osti boyli- klari qazib chiqaradi, qimmatbaho yog’och tayyorlaydi. G. ya. da Braziliya, Venesuela, Gayana, Surinam Kolumbiya davlatlari va Gviana (Frantsiya mulki) joylashgan.