GVINEYA OQIMI
GVINEYA OQIMI — Atlantika okeanining Gvineya qo’ltig’i shimoliy qismidagi iliq oqim; yozda Passatlararo (Ekvatorial) ters oqim bilan, qishda Kanar oqimi tarmog’i bilan qo’shiladi. Yillik o’rtacha temperaturasi 26 — 27°, sho’rligi 34,5 — 35%o, tezligi soatiga 0,4 — 2,7 kilometr, yozda tezligi ortadi.