Gvineya qo’ltig’i
Gvineya qo’ltig’i — Atlan- tika okeanining Ekvatorial Afri- ka sohillari b-n tutashgan joyidagi qo’ltiq. Shim. da Palmas va Jan.da Lo- pes burunlari oraligida. Mayd. 753 ming km2. Eng chuqur joyi 5207 m. G. q. 2 ta qo’ltiq — Biafra va Beningga AJ- ratilgan. Orol ko’p (Bioko, San-Tome, Prinsipi va b.). Suvining sho’rligi 34 — 35%o, yillik t-rasi 25 — 27″. Suv qalqishi yarim sutkali (2,7 m gacha). G. q. ga Kongo, Niger, Volta, Ogove va b. Daryo- lar quyiladi. Asosiy portlari — Lome, Lagos, Akkra, Librevil va b. Gvineya-Bisau (Guine-Bissau), Gvineya-Bisau Respublikasi (Republics da Guine-Bissau) — G’arbiy Afrikadagi davlat. Atlantika okeani sohilida. G.-B. tarkibiga materik qismidan tashqari B’lama va Bijagosh o. lari kiradi. Mayd. 36,1 ming km2. Aholisi 1,1 mln. kishi (1990-y.lar oxiri). Poytaxti — Bisau sh. Ma’muriy jihatdan Bisau mux- tor sektori, 8 okrug va 37 tumanga b o’l i n a D i . Davlat tuzumi. G.-B. — respublika. Amaldagi Konstitusiyasi 1991 y. mayda qabul qilingan. Davlat boshlig’i — Pre- zident. U umumiy yashirin ovoz berish yo’li b-n 5 y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi organi 102 deputatdan iborat bir palatali parlament — millat xalq Majlisi. Ijroiya hokimiyatni president amalga oshiradi, u hukumat a’zolari va bosh vazirni tayinlaydi. Tabiati. Materikdagi qismi tekis, ay- Rim joylari botqoqpi pasttekislik. Sohilida qo’ltiqlar va Daryo estuariyla- ri ko’p. Boksit, fosforit, oltin, temir rudasi, tsirkoniy, neft konlari bor. Iqlimi ekvatorial mussonli, yozi seryomg’ir, qishi quruq. Yanv. ning o’rtacha t-rasi 24°, iyulniki 26°. Yillik yog’in sohilda 2000 mm dan ortiq, mamlakat ich- karisida 1200 — 1500 mm. Daryolari (Jeba, Korubal, Kasheu) qisqa, ammo ser- suv. O’simliklari savanna va doimiy yashil nam tropik o’rmonlardan iborat. O’rmonlarda maymun, buyvol, kiyik, Leo- pard, begemot, timsoh, to’ng’iz va har xil qushlar yashaydi. Aholisi balante, mandyak, mandinka, fulbe, manjak va b. elatlardan iborat. Rasmiy tili — portugal tili. Shahar aholisi 19,9%. Aholining yarmidan kupi mahalliy, an’anaviy dinlarga, 35% i Islom diniga e’tiqod qiladi, bir qismi xristianlar. Yirik shaharlari: Bisau, Bolama, Gabu, Kasheu. Tarixi. G.-B. xalqining qad. va o’rta asr- lardagi tarixi o’rganilmagan. 15-a. dan boshlab Portugaliya mustamlakachilari hoz. G.-B. hududini qul bozoriga aylan- tirdilar. 16 — 18-a. larda Portugaliya- lik qul savdogarlari bu erda bir necha tayanch bazalar (Farin, Kasheu, Bisau va b.) kurib, yuz minglab qullarni Amerika va Vest-Indiyaga olib ketdilar. 19-a. da Afrikani bo’lib olish boshlangan vaqtda Portugaliya G.-B. ustidan nazoratni yana- da kuchaytirdi. 1879 y. alohida mustam- laka deb e’lon qilindi. G.-B. aholisi mustamlakachilarga qarshi keskin kurashib, tayanch bazalariga tez- tez hujum qilib turdi. 1908 y. mustam- lakachilarga qarshi ko’tarilgan xalq qo’zg’oloni 1915 y. gacha davom etdi. 2- jahon urushidan keyin milliy ozodlik harakati keng Tue oldi. 1951 y. da g.-B. Portugaliyaning «dengiz orti viloyati» maqomini olgan bulsada, mustamlaka holati o’zgarmadi. 1956 y. da «Gvineya va yashil burun Orol- lari mustaqillik Afrika partiyasi» mustaqillik kurashiga rahbarlik qildi. 1962 y. da qurolli kurash boshlanib, 1970 y. boshlarida mamlakatning o’chdan ikki qismi mustamlakachilardan ozod qilindi va hukumatning mahalliy or- ganlari tuzildi. 1972 y. mahalliy mux- toriyat huquqini oldi. Shu yili millat xalq Majlisiga deputatlar saylandi. 1973 y. 24 sent. da millat xalq Majlisi- ning birinchi sessiyasi mustaqil g.-B. Respublikasi tuzilganligini e’lon qildi. Portugaliyadagi fashistlar reji- mi ag’darilgach (1974), Portugaliyaning yangi hukumati 1974 y. 10 sent.da g.-B. mustaqilligini tan oldi. G.-B. 1974 y. dan BMT a’zosi. Milliy bayrami — 24 sent. — Mustaqillik kuni (1973). Snyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. Gvineya va Kabo-Verde mustaqilligi af- rikaliklar partiyasi, 1956 y. da tuzil- gan; Birlashgan sosial-demokratik par- tiya, 1991 y. da tuzilgan; g.-B. qarshilik ko’rsatish partiyasi — ba-Fata harakati, 1986 y. da tuzilgan; ijtimoiy yangila- nish partiyasi, 1992 y. da tuzilgan. G.-B. mehnatkashlari milliy birligi kasaba uyushmasi, 1961 y. da asos solingan, Jahon kasaba uyushmalari federasiyasi va Afrika kasaba uyushmalari birligi tashkilotiga kiradi. Xujaligi. G.-B — iqtisodiy jihatdan zaif rivojlangan agrar mamlakat. Mu- stamlakachilarning ko’p asrlik hukmronligi natijasida mamlakat iqtisodiyoti qoloq, monokultura yo’nalishida bo’lib, yarim kustar sanoatga ega. Hukumat bir yoqlama rivojlanishga barham berish choralarini ko’rmoqda. Yalpi ichki mahsulotda q. x. ning ulushi 40%, sanoatning ulushi 10 %. Mehnatga yaroqli aholining 80% q. x. da band. Aso- siy q. x. tovar mahsulotlari: er yong’oq, palma mag’izi, yog’i va b. Paxta, kanakun- jut, kauchukli o’simliklar, sholi ham etishtiriladi. Chorvachilikda qoramol, cho’chqa, echki, qo’y boqiladi. B a l i q o v l a n a D i . Sanoati q. x. mahsulotlarini dastlabki qayta ishlaydigai korxonalardan iborat. Er yong’oq tozalovchi va sholi oqpovchi z-dlar, er yong’oq va palma yog’i ishlab chiqaradigan f-ka, yog’och tilish, g’isht z-dlari, sovungarlik va tsellyuloza z-dlari, kema ta’mirlash ustaxonalari bor. Qimmatbaho yog’och tayyorlanadi. T. y. yo’q. Avtomobil yo’llarining uz. 4,6 ming km. Ichki suv yullarining uz. — 1,8 ming km. Bisau sh. da xalqaro aeroport bor. Dengiz portlari: Bisau, Bolama, ka- sheu. Chetga er yong’oq. palma yog’i va mag’izi, kauchuk, yog’och va yog’och materiallari chiqariladi. Chetdan tsement, gazlama, neft mahsulotlari, oziq-ovqat, tamaki keltiriladi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari: Portugaliya, Ispaniya, Fran- tsiya, Shvesiya, AQSh, Senegal. Pul birli- gi — Afrika franki. Maorifi. Mustamlakachilik davrida ko’pchilik afrikaliklar uchun faqat 2 y. lik boshlang’ich maktablar bor edi. 4 y.lik boshlang’ich va 7 y.lik o’rta makta- blarda evropaliklar va duragaylar o’qigan. Mustaqillikka erishilgandan so’ng 7 yoshdan 13 yoshgacha bo’lgan bolalar- ning majburiy bepul umumiy ta’limi to’g’risidagi qonun joriy etildi. Boshlang’ich maktabdagi o’qish muddati — 4 y., o’rta o’quv yurtlarida -7 y. Bundan tashkari 6 y.lik boshlang’ich va 3 y.lik to’liqsiz o’rta maktab negizida to’liq o’rta ma’lumot beradigan 2 y.lik lisey- lar mavjud. Mamlakatda oliy o’quv yurti yo’q. Yoshlar oliy ma’lumotni chet ellarda oladi. O’qituvchilar tayyorlovchi kurslar m a v j u D . Matbuoti, radioeshittirish. G.-B.da nashr etiladigan yirik gaz.lar: «Liber- tasau» («Ozodlik», portugal tilidagi haftanoma, 1960 y.dan), «No pincha» («Olg’a», asosan portugal tilida, ayrim maqolalari kreol tilida chiqadigan haftanoma, 1975 y.dan). G.-B. axborot agentligi hukumat axborot Mahkamasi bo’lib, 1975 y.da tuzilgan. G.-B. Respu- blikasi milliy radioeshittirish xizma- ti 1975 y.da tashkil etilgan. Me’morligi va tasviriy san’ati. Aholining turar joylari juda xilma- xil. Sohil bo’yidagi pasttekisliklarda yashovchi balante qabilasi to’g’ri burchakli pastqam uylarda istiqomat qiladi. Bu uylarning devorlari 4 ustunga mahkamlangan qamishdan to’qilib, loy b-n suvalgan. Tomi poxol b-n yopilib ni- shabi ikki tomonga yoki 4 tomonga qaratilgan. Har bir uy bir necha xona va qaznoqdan iborat bo’lgan. Bir necha uy ba- Land qalin devor b-n o’ralib, qo’rg’on tu- sini olgan va uning o’rtasida qabila boshlig’ining uyi joylashtirilgan. Mamlakat ichki tumanlari (fulbe, man- dinka qabilalari qarorgoxdari) aniq va ravon rejalangan. To’siqsiz uylar to’g’ri va keng ko’chalar bo’ylab joylashtirilgan. Markazdagi maydon turli bayram va yig’inlarni o’tkazishga mo’ljallangan. Uylarning devorlari loydan yoki xom g’ishtdan tiklangan va somonli konussi- mon tom b-n yopilgan. Darvozalar, to’sinlar, ustunlarga ohu, sigir, ilon va qushlarning qiyofasi o’yib tasvirlangan. Bayot va papel qabilalarining katta- katta oilalari ko’p xonali (4— 10 xona- gacha) uylarda yashaydi. Bu uylar to’g’ri burchakli, doirasimon yoki cho’ziq shaklda bo’lib, poxol tomining nishabi 2 tomon- ga qaragan yoki konussimon qilib ishlan- g a n . Badiiy hunarmandchilik ayniqsa Orol- larda rivojlangan. Qizil va qora yog’ochdan hamda fil suyagidan ajdodlar- ning haykalchalari, diniy buyumlar, may- da ro’zg’or asbob-anjomlari (mas, o’simliklar tasvirlangan qoshiklar), turli jonivorlar qiyofasidagi niqoblar yasaladi. Qabila boshliklarining o’rindiq va taxtlari, qo’ndoq, jovon, tog’oralarga turli naqshlar tushirilib, hayvonlar, qushlar, ilonlar va baliqlar tasvirlanadi. Yog’och va sigir shoxidan qurol (o’q-yoy, o’qdon, nayza, qalqon) yasash avj olgan. Xorijiy sayyohlarga mo’ljallab ko’pgina buyumlar yasaladi. Qit’adagi elatlar orasida fulbelar haykalcha, poyabzal, bezak buyumlari, musiqa asboblari yasashga mohir. Man- dyaklar va papellar orasida to’quvchilik hamda badiiy kashtachilik rivojlangan. Musiqasi. G.-B. musiqa madaniyati mam- lakatda yashovchi ko’pgina elatlarning musiqiy an’analarini o’z ichiga oladi. Balante, fulbe, mandinka va b. xalqlarning musiqasi G’arbiy Afrika mamlakatlari (Gvineya, Senegal, Gambiya, Mali) musiqiy san’atiga juda o’xshashdir. Ayniqsa griotlar kora, bala- fon, kusundi kabi musiqa asboblarida kuylarni mohirona ijro etishadi. Qad. an’anaga ega bo’lgan baraban dastalari yuksak ijrochilik mahoratiga erishgan- lar. Mustaqillik yillarida milliy musiqa an’analarini saqlash va rivoj- lantirish madaniy siyosatning muhim yo’nalishlaridan biri bo’lib qoldi. Bi- Sau sh.da madaniy markaz — Madaniyat uyi ishlaydi.