Gxassul madaniyati

Gxassul madaniyati — eneo- lit davrining (mil. AV. 5-ming yillik- ning oxiri — 4-ming yillik) arxeolo- gik yodgorligi, Iordan daryosidan Sharq tomonda (5,5 km uzoqlikda) joylashadi. Telaylat-Gxassul qishlog’idan topilgani uchun shu nom b-n ataladi. Asosan, Trans- Iordaniya va Falastinda tarqalgan. G. m. xom g’ishtdan tiklangan tosh poyde- vorli uy-joylardan iborat. Ba’zi uy- lar devorining ichki qismida har xil naqshlar bor. Qadahsimon va konussimon uzun, qo’sh dastali sopol idishlar, tur- li tosh buyumlar ko’p topilgan. O’liklar tosh qabrlarga yakka-yakka ko’milgan. Ad.: Chayld G.. Drevneyshiy Vostok v Sve- te novix raskopok, M., 1956.