Gyoteborg, Yyoteborg
Gyoteborg, Yyoteborg (got qal’asi; germanlarning got qabilasi nomidan) — Shvesiyaning Jan.-g’arbidagi shahar. Gyota-Elv daryosining Kattegat bo’g’oziga quyilish joyida. Gyoteborg-Boxus leni- ning ma’muriy markazi. Aholisi 433 ming kishi (1997, shahar atrofi b-n 761 ming kishi). G.ga 17-a. boshida asos solin- gan. 18-19-a.larda tashqi savdo shahri sifatida tez o’sdi. 18-a. oxirida Gyote ka- nali qazilgach, g.ning transport mavqei yanada yaxshilandi. G. aholisining soni va sanoat mahsuloti i. ch. bo’yicha Shve- tsiya poytaxtidan keyin 2-o’rinda. G. por- tining yillik yuk ortib tushirishi 25 mln. t T.y. va suv yo’llarining muhim tu- guni. Asosiy sanoat tarmoklari: mashi- nasozlik (jumladan avtomobilsozlik), metallsozlik, kemasozlik (mamlakatda quriladigan kemalarning 2/3 qismi), to’qimachilik sanoatlari. Elektrotexni- ka uskunalari, sharikli podshipniklar, dizel dvigatellari va turli xil mashi- nalar ishlab chiqariladi. Ip gazlama, trikotaj, tikuvchilik f-kalari, neftni qayta ishlovchi z-D; un-t, politexnika va savdo in-tlari, muzeylar, sobor (1802— 15 y.lar) bor. Har yili xalqaro sanoat yarmarkalari o’tkazib turiladi.