Hakam II, al-Mustansir Billoh

Hakam II, al-Mustansir Billoh (? — 976) — umaviylaryaan bo’lgan Qurtuba xalifa,TGI xalifasi (961 yildan). Otasi Abdurahmon III ning siyosatini davom ettirib Ispaniyaning xristian qirolliklari — Leon va Navarra bilan muvaffaqiyatli kurash olib borgan; 966 yil ularni xalifalik uchun manfaatli bo’lgan sulh shartnomasi tuzishga majbur qilgan. Shu yili Hakam II qo’shini normannlar hujumini daf qilgan. Hakam II musulmon Ispaniyasi madaniyatini rivojlantirishga qo’shgan hissasi, bu yo’ldagi sa’y-harakati bilan Shuhrat qozongan. Uning hukmronligi davrida Qurtuba G’arbiy Yevropaning eng yirik madaniy markaziga aylangan.