Hamidov Salimjon Salomovich
Hamidov Salimjon Salomovich (1920.29.12 — Buxoro — 1973L9.8) -Kandakor, sulola davomchisi; O’zbekiston xalq rassomi (1972). Hunarni otasi — kandakor usta Abdusalom Hamidovdan o’rgangan. Hamidov metall va marmarga o’yib naqsh ishlashni puxta egallagan; yoshligidan otasining shogirdlari qatorida murakkab o’yma naqshlarni ishlay boshlagan; metall buyumlar bezak mujassamotlarini yangi mavzular bilan boyitdi (masalan, patnisga ishlangan «O’zbekistonim» mujassamoti, 1969 va boshqalar), bezaklarda Buxoro me’moriy yodgorliklarini aks ettirdi. Metall va marmarga o’iib naqsh ishlovchi ko’plab shogirdlar yetishtirdi, uning tashabbusi bilan Buxoroda Kandakorlik maktab-ustaxonasi tashkil etilgan.