Hammom (mo’rcha)

Hammom (mo’rcha) – cho’milish, yuvinish va poklanish uchun qurilgan maxsus bino. Yozma manbalar, saqlanib qolgan inshootlar issiqlikni saqlash maqsadida yerni chuqur qazib, yer ostida, yarim yerto’la tarzida qurilganini ko’rsatadi. Yechinish xonasi, hordiq chiqariladigan katta xona: o’rtada hammomning asosiy uqalash xonasi, uning atrofida yuviniladigan xonalar bo’lib, ular katta va kichik gumbazlar bilan yopilgan; hovuzlarda issiq va qaynoq suvlar bo’lib, xonalar ostidan qaynoq havo bilan isitilgan.