HAMO

HAMO — Suriyaning g’arbiy qismidagi shahar, Alasi vodiysida. Hamo muhofazasining ma’muriy markazi. Aholisi 265 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Qishloq xo’jalik (don, paxta, mevalar) rayonining savdo markazi. To’qimachilik, oziq-ovqat, tsement, metallurgiya sanoati korxonalari mavjud.