Hamroyev Murodbek Karimovich
Hamroyev Murodbek Karimovich (1936.1.1, Olmaota — 1983.14.2, Toshkent) — adabiyotshunos olim, Filologiya fanlari Doktori (1964), professor (1975). SSSR pedagogika Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi (1979). O’rta Osiyo universitetini tugatgan (1959). Qozog’iston Fanlar Akademiyasi Adabiyot va san’at institutida, akademiyaning uyg’urshunoslik bo’limida ishlagan (1961-74), Qozog’iston Fanlar Akademiyasi Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida (1975-76), O’zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida direktor o’rinbosari (1976), direktor (1977— 83). Asosiy ilmiy ishi turkiy she’r tuzilishi asoslari mavzuida. Asarlari turkiy xalqlar mumtoz va hozirgi zamon she’riyatining qiyosiy tahliliga, uning umumiy qonuniyatlari va asosiy xususiyatlarini ko’rsatishga bag’ishlangan. Hamroyev «Uyg’urcha-ruscha adabiyotshunoslik terminlari lug’ati» (1974), «Asarlar osha so’nmas so’z» (1969), «asrlar sahifasi» (1972), «Navoiy va uyg’ur adabiyoti» va boshqa asarlar muallifi. As: osnovn tyurskogo stixoslojeniya, Alma-ata, 1963; Istoriya, teoriya, masterstvo, Alma-ata, 1964; Rassvet Kulturi uygurskogo Naroda, Alma-ata, 1967; Ocherki teorii tyurkskogo stixa, Alma-ata, 1969; Uygurskaya literature (Uchebnik), 2 izd., Alma-Ata, 1977.