Hanbaliylar

Hanbaliylar-Islomning sunniylik yo’nalishida nisbatan eng kam yoyilgan diniy huquq mazhabi tarafdorlari. Unga ibn Hanbal asos solgan. Hanbaliylar shariat mazhablari orasida eng mutaassib mazhab hisoblanadi. Uning qonunlari nisbatan qattiqligi va konservativligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun ham hanbaliylar mazhabi keng tarqalmagan. XVIII asrda paydo bo’lgan vahhobiylar hanbaliylar mazhabi tarafdorlari bo’lib chiqqanlar.