Har bir ayol bilishi shart bo’lgan foydali maslahatlar
Ayol kishining hayotini yengillashtirish uchun bir nechta maslahat mavjud (masalan, zamshadan ishlangan tufli iflos bo’lganida yoki sevimli koftangizga dog’ tekkanida).
Mazkur foydali hiylalar kundalik turmushingizda qo’l keladi.
Foydali maslahatlar:
1. Agar sevimli sviteringiz ustiga par to’plangan bo’lsa, uni oddiy pemza toshi yordamida tozalash mumkin.
2. Zamshadan ishlangan buyumlarni oddiy qotgan non yordamida tozalasa bo’ladi. Shunchaki qotgan non chetini olib, ehtiyotkorlik bilan zamsh yuzasini u bilan arting.
3. Limon sharbati oq koftalarni hunuk qilib qo’yadigan qo’ltiq ostidai sariq dog’larni ketkazishda yordam beradi. Sharbatni kir yuvishdan avval ifloslangan joylarga sepish kerak.
4. Charm buyumlardagi (hamyonlar va sumkalardagi ham) yog’ dog’larini bolalar uchun mo’ljallangan upa kukuni bilan ketkazish mumkin. Kukunni dog’ ustiga kechqurun seping, tongda undan asar ham qolmaydi.
5. Moxer va angor yungidan tayyorlangan buyumlarni parvarish qilish qiyin. Agar ushbu matolardan tikilgan kiyimingizni asl ko’rinishida saqlab qoilshni istasangiz, uni xaltaga solib muzlatgichda muzlating (kamida 3 soat).
6. Qizil vino qoldirgan dog’lar uning o’rtog’i – oq vino yordamida oson ketkaziladi. Qizil vino dog’iga oq vinoga botirilgan mato bo’lagini qo’ying. Aytgancha, agar oq vino bo’lmasa, gazlangan suvdan foydalanishingiz mumkin.
7. Oddiy namlantiruvchi krem charm sumka yoki poyabzaldagi tirlangan joylarni yashiradi. Paxtali cho’p yordamida kremni tirnalgan joyga suring va ehtiyotkorlik bilan arting.
8. Kiyimlar (sviterlar va futbolkalar) shkafda g’ijim bo’lmasligi uchun, ularni taxlamang, yaxshisi o’rang. Kiyimlar chemondan ichida g’ijimlanmasligi uchun esa ularni plastik xaltalarga joylang.
9. Kiyimlar uzoq vaqt shkafda saqlanganida ular yoqimsiz chang va eskirish isi bilan hidlanib qoladi. Hidni yo’qotish uchun suv va aroq (2:1) aralashmasidan foydalaning va kiyimlarga bu aralashmani shunchaki sepib chiqing.
10. Paypoqda chiziq eng noqulay vaqtda paydo bo’lishi mumkin. Kichkinagina hiyla bu noxushlikdan qutulishga yordam beradi: shunchaki paypoqqa soch lakini seping.
11. Magnitli doska pardoz vositalarini saqlash uchun ajoyib variant bo’lishi mumkin. Shunchaki pardoj anjomlaringizni unga ilib, “yopishtirib” qo’ying. Shuningdek, to’g’nog’ichlar va pinsetlarni ham magnit tasmada saqlasa bo’ladi.
12. Poyabzaldagi yoqimsiz hidni ketkazish uchun uning ichiga oziq-ovqat sodasini seping.
13. Tirnoqlar uchun lak tez qurishi uchun tirnoqlaringizni uch daqiqaga sovuq suvga botiring.
14. Buyumni dazmollagandan keyin uni darhol kiyishga shoshilmang, besh daqiqa osilib turishiga imkon bering. Agar yangi dazmollangan kiyimni kiysangiz, u bir zumda yana g’ijim bo’ladi.
15. Agar tongda uzoq otlanadigan va doim kech qoladigan bo’lsangiz, bir nechta sevimli qo’shiqlaringizni yozib, ularni tongda yoqib qo’ying. So’nggi qo’shiq yangrab bo’lgunicha ketishga tayyor bo’lishingiz kerak. Shu tariqa, intizomni yo’lga qo’yish bilan birga, erta tongdan yaxshi kayfiyatda bo’lasiz.