HARBIY-IQTISODIY XAVFSIZLIK

HARBIY-IQTISODIY XAVFSIZLIK — bu iqtisodiy xavfsizlikning davlat mudofaasini ta‘minlash muammolari bilan bog’liq bo’lgan qismidir. Harbiy-iqtisodiy xavfsizlikning ta‘minlanishi davlatning ham ichki, ham tashqi siyosatining muhim yo’nalishlaridan hisoblanadi. Bu xavfsizlik turini uning keng va tor ma‘nosiga qarab ajratish mumkin. Harbiy-iqtisodiy xavfsizlik keng ma‘noda – bu davlatning milliy manfaatlari himoyasini kafolatlash va iqtisodiy, harbiy tajovuz sharoitida xalq xo’jaligining barqaror faoliyatini ta‘minlash darajasida davlatning tinchlik davrida milliy xavfsizlikning iqtisodiy va harbiy sohalari o’rtasida optimal muvozanatni ushlab turishga aytiladi. Harbiy-iqtisodiy xavfsizlik tor ma‘noda – bu harbiy-iqtisodiy qarama-qarshilik sharoitida barqaror faoliyatni va uning mustaqilligini kafolatlovchi va harbiy-iqtisodiy ehtiyojlarning ongli mudofaa darajasini ta‘minlovchi mudofaa-xo’jalik majmuining rivojlanishini anglatadi. Harbiy-iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash o’z ichiga bir biriga o’zaro bog’liq ikki jihatni; himoya va hujumkorlikni qamrab olishi zarur va harbiyiqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash strategiyasini ishlab chiqishda bu ikki jihatdan foydalanish zarur va muhim omil hisoblanadi.