Harbiy jinoyatchilar
Harbiy jinoyatchilar xalqaro huquqda qarbiy jinoyatlarning, tinchlik va insoniyatga qarshi qaratilgan jinoyatlarning tashkilotchilari, vositachilari, rahbarlari, ijrochilari va ishtirokchilari. Bu jinoyatlarning turlari va tarkibi hamda jazo choralari xalqaro harbiy tribunallarning ustavlarida belgilab berilgan. Harbiy jinoyatchilar uchun individual jinoiy javobgarlik bir qancha xalqaro shart-pomalar va bitimlar bilan, harbiy jinoyatlarning ba’zi turlari uchun esa ayrim mamlakatlarning jinoyat qonunlari bilan belgilanadi. Harbiy jinoyatchilar uchun jinoiy javobgarlikka tortishning hech qanday muhlati qo’llanmaydi, boshpana huquqi ham berilmaydi. Harbiy jinoyatchilar tutib berilishi kerak.