HARBIY TRANSPORT AVIATSIYASI

HARBIY TRANSPORT AVIATSIYASI — qurolli kuchlar tarkibiga kiruvchi harbiy havo kuchlarining bir turi. Havo desantlarini tashish, qo’shinlarning havodagi manyovrini ta’minlash, tezkor qo’shinlar harakatini ta’minlash, razvedka, retranslyatsiya, bombardimon qilish, qurol-aslahalar, yoqilg’i, oziq-ovqat va boshqa moddiy vositalarni tashishga mo’ljallangan.