Hasanbek Rumlu
Hasanbek Rumlu (1530/31 — ?) -tarixchi olim. Qum shahrida tug’ilgan. Rumlu qabilasiga mansub bo’lgan. safaviylarlgn Taxmasp I va Muhammad Xudobanda (1577-87) saroyida xizmat qilgan. Umumiy tarixga oid «ahson attavorix» («tarixlarning a’losi») asari muallifi. Asar 12 jilddan iborat bo’lib, 1572-77 yillar orasida yozilgan, bizgacha so’nggi 2 jildi saqlanib qolgan. Ularda Eron, shuningdek, unga qo’shni mamlakatlar: O’rta Osiyo, Hindiston, Turkiya, Ozarbayjon va Gruziyaning 1404-1577 yillarga oid tarixi yilma-yil bayon etilgan. So’nggi, 12-jildda Safaviylar davlatining tashqi siyosatida ro’y bergan asosiy voqealar yoritilgan. Asar O’rta Osiyo xonliklari bilan Eron o’rtasidagi siyosiy aloqalar tarixini o’rganishda muhim manbadir. «Ahson attavorix» qo’lyozmalari Sankt-Peterburg, shuningdek, Angliya, Turkiya va Erondagi kutubxonalarda saqlanadi.