HASANOV BOQI

HASANOV BOQI (1937.1.7 — Kitob tumani — 2001.10.9) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (2000). Qarshi pedagogika institutini tugatgan (1962). 1962 yildan kitob tumanidagi 29-, 54-maktablarda boshlang’ich sinf o’qituvchisi. 1972-2000 yillarda 54-maktabda kimyo-biologiya o’qituvchisi.