Hasayni
Hasayni — xalq selektsiyasida chiqarilgan mahalliy xo’raki uzum navi. Morfologik va biologik xususiyatlariga ko’ra Husainiydan ajralib turadi. Sharqiy ekologik-geografik navlar guruhiga kiradi. Tupi kuchli o’sadi. Barglari qisman kertikli, 3 — 5 bo’lmali, yirik (18×20 santimetr), to’q-yashil, yaltiroq, tuksiz. Guli 2 jinsli. Uzum boshi o’rtacha, og’irligi 380-500 gramm. Mevasi yirik (o’rtacha 5-6 gramm), cho’zinchoq, tsilindrsimon, to’liq pishganda och sariq. Tarkibida 22-25% qand bor, nordonligi 4-3 g/l, eti zich, karsillaydi. Hosili faol harorat yig’indisi 3410° da 143 kunda—avgust oxiri-sentabr boshlarida pishib yetiladi. Hosildorligi nisbatan past (90 — 100 ts/ga). Kul kasalligiga chidami sust. Uzumi yuqori qadrlanadi. Yangiligida iste’mol qilinadi, yuqori sifatli mayiz tayyorlanadi. Farg’ona vodiysida ko’p ekiladi.