Havo
Havo — gazlar, asosan, yer atmosferasini tashkil etuvchi azot va kislorodning tabiiy aralashmasi. Havo va suv ta’sirida er sirtida muhim geologik jarayonlar sodir bo’ladi, ob-havo va iqlim shakllanadi. Havo deyarli barcha tirik organizmlarning yashashi uchun zarur kislorod manbaidir. Yoqilg’ining Havo da yonishidan odamlar o’z turmush va ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun zarur issiqlik olishda qadimdan foydalanib kelishadi. O’tmishda olimlar Havo ni mavjudlikning asosini tashkil etuvchi elementlardan biri deb hisoblashgan. Havo ni mustaqil modda degan tushuncha 18- asr oxirigacha davom etib keldi. 1775-77 yil frantsuz kimyogari A.Lavuaze Havo tarkibida azot va kislorod, 1894 yil ingliz olimi U.Ramzay va J.Reley argon borligini isbotladi. Shundan keyin Havo tarkibida boshqa inert gazlar ham mavjudligi aniqdandi. Havo — muhim kimyoviy xom ashyo manbalaridan biridir. Sof quruq Havoning molekulyar modda 28.966, 0° da dengiz sathidagi bosimi 1013,25 gPa; kritik temperaturasi — 140,7°, kritik bosimi 3,7 MPa, o’zgarmas bosimdagi solishtirma issiqlik sig’imi Sr 10,045-yu3 j/(kg-K) (0-100° oraliqda), o’zgarmas hajmda esa S-8,3710-103 j/ (kgk) (0-1500° oraliqda); yorug’chik nurini sindirish ko’rsatkichi 1,00029, dielektrik singdiruvchanligi 1,000059 (0°da). Suvda eruvchanligi 0°da 0,036%, 25° da 0,22%. Atmosferaning erga yaqin qismi — troposferada massa jihatdan 80% ga yaqin Havo to’plangan. Havoda juda oz miqdorda suv N20 (massa jihatdan 0,02—4%), sulfid angidrid §02, metan SN4, ammiak mn, uglerod (P)-oksid so, uglevodorodlar, xlorid kislota NS1. ftorid kislota ng’, simob bug’lari, N§, yod I, radon yap, ksenon Xe, shuningdek, azot (P)-oksid va ko’pgina boshqa gazlar bo’ladi. Troposferada doimo ma’lum miqdorda to’zon va ba’zi tasodifiy qo’shimchalar uchraydi. Havodagi azot, kislorod va inert gazlar miqdori amalda o’zgarmasdir. Tirik organizmlar nafas olganda, yoqilg’i yonganda, metallar eritilganda va boshqalarda sarflanadigan kislorod miqdori yashil o’simliklar fotosintezi tufayli tiklanib turadi. Vulkanlarning otilishi va radioaktiv elementlarning parchalanishi — inert gazlar (argon, geliy va radon) manbaidir. Gazlarning eng yengili — geliy Ne koinotga uzluksiz ravishda tarqalib turadi. Vodorod ham geliy kabi fazoga tarqaladi. Turli jarayonlar natijasida uning Havodagi miqdori saqlanib turadi. Havodagi karbonat angidrid, suv bug’i va to’zon mikdori turli sharoitga qarab o’zgarishi mumkin. Katta miqdordagi so, fotosintez jarayonlariga sarf bo’ladi va okean suvlariga yutiladi. Tabiatda karbonat angidrid yog’och va ko’mirning yonishi, tirik organizmlarning nafas chiqarishi, chirish va hokazolar natijasida hosil bo’ladi. U karbonatli tog’ jinslarining parchalanishi, vulkan otilishidan ham yuzaga keladi. So’nggi 100 yilda atmosfera Havosi tarkibida so, miqdori 10% ga ortdi. Uning asosiy qismi (360 milliard tonna) yoqilg’i yoqish natijasida paydo bo’ldi. Agar yoqilg’i yoqish sur’atlari shu zaylda davom etsa, yaqin 50— 60 yilda atmosferadagi S02 miqdori 2 baravar ortadi va ob-havoning keskin o’zgarishiga sabab bo’lib, salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Yoqilg’i yoqish — Havoni ifloslantiruvchi gazlar (so, N0, §02) ning asosiy manbaidir. Sulfid angidrid Havo kislorodi ta’sirida sulfat angidrid (§03) gacha oksidlanadi. §03 suv bug’lari va ammiak bilan reaktsiyaga kirishib, sulfat kislota N,§04 va ammoniy sulfat (1MN4)2§04 hosil qiladi. Bu birikmalar atmosfera yog’inlari bilan birga yer yuzasiga tushadi. Ichki yonuv dvigatelilan foydalanish Havoni azot oksidlari, uglevodorodlar va qo’rg’oshin birikmalari bilan nihoyatda ko’p ifloslantiradi. Sanoat korxonalari, issiqlik elektr stansiyalari, avtotransport, o’rmondagi yong’inlar, bo’ron va to’zonlar Havoda qattiq zarralar (chang, tutun) miqdorini shu darajada ko’paytiradiki, natijada katta shaharlardagi yer sirtiga tushadigan quyosh radiasiyasi ancha (20-40%) kamayib ketadi. Qattiq zarralarning ko’p miqdorda atmosferaga ko’tarilishi planetada iqlim o’zgarishiga olib keladi. Havoning ifloslanishi odam, hayvon va o’simliklarning yashash sharoiti-ni yomonlashtiradi, alohida kasalliklarning ko’payishi va ba’zan o’limga sabab bo’ladigan darajaga etishi mumkin. Havoning radioaktiv ifloslanishi ayniqsa xavfli. Havoni ifloslanishdan saqlash maqsadida sanoat gazlari atmosferag’a chiqarishdan avval tozalanadi. Odamning normal hayot faoliyati uchun Havoning tarkibi, kislorod parsial bosimi katta ahamiyatga ega. Havodagi kislorodning dengiz sathidan yuqori parsial bosimi 213,32 gPa ni tashkil etadi; agar u 186.65 gPa gacha pasaysa, kishida kislorod yetishmasligi sezildi, nafas olishi chuqurlashadi, qon aylanishi tezlashadi. eritrosit miqdori ko’payadi va hokazolar. Parsial bosim 146,65 gPa gacha tushganda gipoksiya alomatlari yuz beradi. 66,66—89,93 gPa da hayot xavf ostida qoladi. Suyuq havo zichligi 960 kg/m’ (— 192° temperatura va normal bosimda) bo’lgan zangori rangli suyuqchik. Uning tarkibi turg’un emas, chunki kislorodning bug’lanish temperaturasi (-183°) azotning bug’lanish temperaturasi (-196°) dan yuqori bo’lganidan, suyuq Havoda kislorod atmosfera Havosiga qaraganda birmuncha ko’p. Suyuq Havo tarkibida taxminan 54% kislorod, 44% azot va 2% inert gazlar bo’ladi. Suyuq Havo saqlanganda azot bug’lanadi va natijada kislorodning nisbiy miqdori yanada ko’payib qoladi. Suyuq Havoning fraktsiyali bug’lanishidan sof azot, kislorod, argon va boshqa inert gazlar olishda foydalaniladi. Suyuq Havo po’lat ballonlarda 150 ATM bosimda saqlanadi, ballon qora rangga bo’yalib, ustiga «siqilgan havo» deb yozib qo’yiladi. Sun’iy Havo (aniqrog’i nafas olishga yaroqli gazlar aralashmasi — sun’iy atmosfera) dastlab tibbiyotda kislorod tanqisligi kasalligi bilan og’rigan bemorlarni davolashda ishlatilgan (40-60% kislorodning oddiy Havo bilan aralashmasi yoki 95% kislord bilan 5% so, aralashmasi). Bunday sun’iy gaz aralashmasidan aviasiyada, konchilik-qutqaruv ishlarida va boshqalarda foydalaniladi. Sun’iy Havo g’avvoslik ishlarida ham muhim ahamiyatga ega. Havo turli jarayonlarda, chunonchi yoqilg’ini yondirishda, rudalardan metallarni eritib olishda (domna va Marten pechlarida), ko’pgina kimyoviy birikmalarni olishda kimyoviy agent sifatida ishlatiladi. Havo kislorod, azot, inert gazlar olishda muhim sanoat xom ashyosidir. Havoning fizik xossalaridan issiqlik va tovush o’tkazmaydigan materiallar, elektr izolyatsiya qurilmalarida, elastiklik xossasidan pnevmatik shinalarda foydalaniladi. Siqilgan Havo mexanik ishlarni bajarishda (pnevmatik mashinalar, purkash va to’zitish qurilmalari, perforatorlar va hokazolar) qo’llanadi. Ad.: Iven M., Fillips L., Ximiya at- mosferm, M., 1978; Uork K., Uorner S, Zagryaznenie vozduxa. Istochniki i kontrol, Per. s angl., M., 1980. Rustam Ma’rupov.