Haydarobod

Haydarobod — Hindistondagi shahar, dekan yassitog’ligining Markaziy qismida, Musi va usi daryolari qo’shilgan erda joylashgan. Andhra-Pradesh shtatining ma’muriy markazi. Aholisi 3,04 million kishi (2001). Hindiston Janubiy qismining muhim iqtisodiy, tarixiy va madaniy markazi. To’qimachilik, oziq- ovqat, kimyo-farmatsevtika, tamaki, qog’oz, oyna-shisha sanoati korxonalari mavjud. Transport, energetika, elektrotexnika mashinasozligi rivojlangan. Aviatsiya jihozlari, qurol-yarog’lar ishlab chiqariladi. Hunarmandchilik rivojlangan, qo’lda uy-ro’zg’or buyumlari, badiiy buyumlar tayyorlanadi, matolar to’qiladi. Markaziy geofizika boshqarmasi, muzeylar (arxeologiya, Yevropa va Sharq san’ati) bor. Shaharga 16-asr oxirlarida asos solingan. 1924-56 yillarda Haydarobod rojaligining poytaxti, keyinchalik Haydarobod shtati, 1956 yildan Andhra- Pradesh shtatining ma’muriy markazi. Me’moriy yodgorliklaridan Chor-Minor Zafar arki (1591), Makka masjid (17- asr), Golkonda qal’asi qoldiqlari (16— 17-asrlar), Usmoniya universiteti majmuasi (20- asr) bor.