HAZRATISHOH

HAZRATISHOH — Tojikiston Respublikasi Janubdagi tog’ tizmasi. Xatlon viloyatida, Darvoz tizmasining g’arbiy qismiga yondosh. Uzunligi 55 kilometr. Konglomeratlardan tashkil topgan. Eng baland joyi 4088 metr. Yon bag’irlari dasht o’simliklari va yarim kserofil butazorlar bilan qoplangan.