Hidoya

Hidoya-sunniyliknng hanafiylar mazhabida keng tarqalgan shariat qo’llanmasi. “Hidoya” nomi bilan ma’lum bo’lgan birinchi qo’llanmani Abul Hasan al-Quduriy yozgan. Lekin Burhoniddin Marg’inoniy yozgan “Hidoya” mashhur bo’lib, hanafiylar mazhabi tarqalgan mamlakatlarda, jumladan, XX asr boshlariga qadar O’rta Osiyo, Shimoliy Kavkaz va Volgabo’yi musulmonlari orasida asosiy qo’llanma sifatida tanilgan. “Hidoya” to’rt jilddan iborat. Unda shariat masalalarida muallifning fik va xulosalari bilan birga, hanafiylar mazhabining barcha imomlari, shuningdek, boshqa mazhab vakillarining mulohazalari ham bayon etilgan. Islomning asosiy marosim talablari, huquqiy va axloqiy normalari, xususan, tahorat, namoz, zakot, ro’za, haj, qurbonlik va shu kabilar, shuningdek oil masalalari bilan bog’liq bo’lgan normalar batafsil yoritilgan. Ularni bajarish bilan bog’liq bo’lgan huquqiy normalar va jazo choralari belgilangan.