Hirovul
Hirovul (mo’g’ulcha — yakkalanmoq, uzoqlashmoqdan) — ilg’or qism, avangard. Amir Temur yurishlariga oid forsiyda bitilgan tarixiy manbalarda qayd etilgan. Eski o’zbek tili manbalarida Hirovulning irovul (eravul) fonetik varianti ham mavjud bo’lib, u «Boburnoma» va Abulg’oziyning «shajarayi turk»ida ishlatilgan. Hirovul bir qator obidalarida boshqa bir mo’g’ulcha manglay (mang’liy) atamasi bilan almashingan. Jangovar tartibga binoan Hirovul lashkarning Peshravi (avanposti) qorovullan keyin, ya’ni markaz g’uldan oldin, o’ng qanot (barang’ar) va chap qanot (juvang’ar) oralig’ida harakat qilgan. Hirovulga janglarda suyagi qotgan, tajribali, Bahodir jangchilar jalb etilgan, atoqli sarkardalar qo’mondonlik qilgan. Sohibqiron qo’shinida asosiy, bosh Hirovul qatori o’ng qo’l va so’l qo’lning ham Hirovuli mavjud bo’lgan.