HISOB PALATASI

HISOB PALATASI — davlatdagi oliy moliyaviy (moliyaviy-iqtisodiy) nazorat organining dunyoda eng keng tarqalgan nomi. Huddi shu nomda Vengriya, Gretsiya, Ispaniya, Portugaliya, GFR, Rossiya Federatsiyasi va qator boshqa mamlakatlarda ishlatiladi. AQSHda Bosh hisobot boshqarmasi, Braziliya, Jazoir, Fransiya, Ruminiyada – hisob sudi deb ataladi. Ko’pgina mamlakatlarda ular parlamentning yordamchi organi sifatida faoliyat ko’rsatib, uning nazorat vazifalarining bajarilishini ta‘minlaydi. Ammo, masalan, Italiyada hisob palatasi hukumatning ijro etuvchi organi sifatida konstitutsiyaviy jihatdan ajratilgan. Hisob palatasining aniq vakolatlari va u nazorat qilishi mumkin bo’lgan obyektlar hajmi ham bir xil emas. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 27-iyunda ―Hisob palatasini tashkil etish to’g’risida‖gi farmoni qabul qilindi. Bu farmonga ko’ra Hisob palatasi o’zining faoliyati to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Oliy Majlisga hisobot beradi. Hisob palatasining asosiy vazifasi davlat budjeti ijrosini nazorat qilish, davlat aktiv va passivlarni holati va harakatini nazorat qilish kabi vakolatlarni amalga oshiradi.