HOKIMIYAT

HOKIMIYAT — 1) kishilar, ijtimoiy guruhlar hamda sinflarning faoliyatiga, xulqatvoriga, harakatlariga iqtisodiy, siyosiy, g’oyaviy, ijtimoiy mexanizmlar, shuningdek, kuch ishlatish, zo’rlik qilish, ishontirish qobiliyatlari bilan ta‘sir etuvchi faoliyatning alohida shaklidir. U odamlarni, moddiy obyektlarni, hududlarni boshqarish, ularga hukmronlik qilish, ularni tasarruf etish imkoniyati hisoblanadi. Hokimiyat obro’- e‘tibor, nufuz, so’z, hujjat, harakat va va boshqalar orqali amalga oshiriladi. 2) davlat organlari tizimi; 3) tegishli davlat, ma‘muriy vakolatlarga ega shaxslar, muassasalar.