HOKIMIYAT VAKILI

HOKIMIYAT VAKILI — huquqni muhofaza etuvchi yoki nazorat qiluvchi organda mansabdor shaxs, hamda belgilangan tartibda o’ziga to’g’ridan-to’g’ri xizmat bo’ysinuviga ega bo’lmagan shaxslarga nisbatan farmoyish berish vakolatiga ega bo’lgan o’zga mansabdor shaxs. Hokimiyat vakili vakillik organlarning mansabdor shaxslari, deputatlar va ularning yordamchilari, ijro etuvchi organlarning, nazorat qiluvchi organlarning shuningdek soliq xizmatining, sanitariya-epidemiologiya nazoratining hamda boshqa nazorat organlarining mansabdor shaxslari tegishlidir. O’z vakolatlarini amalga oshirish vaqtida Hokimiyat vakili vakolatlariga ega bo’lgan jamoat birlashmalarning vakillari – jamoat inspektorlari, xalq drujinachilari va boshqalar ham Hokimiyat vakili hisoblanadilar.