HUDUDIY MUDOFAA

HUDUDIY MUDOFAA — davlat hududidagi obyektlar va kommunikatsiya tarmoqlarini dushman hujumidan, uning terroristik va diversion harakatlaridan himoya qilish, shuningdek, harbiy holatni belgilash va qo’llab-quvvatlash maqsadida amalga oshiriladigan harbiy va umumdavlat chora-tadbirlarining (asosiy) uzviy qismi.