Hujayra shirasi
Hujayra shirasi — o’simlikning tirik hujayrasidagi tsitoplazma ajratadigan suyuqlik; vakuolalar ichida bo’ladi. Hujayra shirasi suv va kolloid eritma ko’rinishidagi turli moddalardan iborat. Hujayra shirasining yopishqoqligi suvnikidan 2 martacha ortiq. O’simlikning unmayotgan urug’va sporalaridagi Hujayra shirasi suvsiz, una boshlaganda esa u yana suvga to’yinadi. Yosh hujayralarda Hujayra shirasi kam. Tarkibi o’simlik turinyng o’sish sharoiti, Yoshi va hujayralari xiliga bog’liq. Hujayra shirasida uglevodlar, oshlovchi moddalar, aminokislotalar, organik hamda anorganik kislotalar va boshqalar bor. Hujayra shirasi hujayraning osmotik bosimi va turgor holatiga sharoit yaratadi.