HUKUMAT BOSHLIG’I
HUKUMAT BOSHLIG’I — davlatning hukumatiga boshchilik qiluvchi shaxslarning umumlashtirilgan nomi. Hokimiyatning oliy ijro organi rahbari. Turli davlatlarning konstitutsiyalarida qo’llaniladigan nomlar orasida hukumat raisi, vazirlar kengashi raisi, vazirlar mahkamasi raisi, kansler, bosh vazir singari so’z birikmalari ko’proq uchraydi. (parlament boshqaruvi mamlakatlarida – premer-ministr, kansler; prezident respublikalarida – prezident). Masalan, sobiq SSSRda – bu Xalq Komissarlari Sovetining Raisi (1936-yilgi Konstitutsiyaga binoan), 1946-yildan e‘tiboran – SSSR Ministrlar Sovetining Raisi, 1990-yil 26 dekabrdagi islohotga ko’ra (SSSR Vazirlar Mahkamasi joriy etilgach) – Bosh vazir. O’zSSRda ham tegishlicha Xalq Komissarlari Sovetining va keyin Ministrlar Sovetining Raisi deb atalgan. Parlament boshqaruvi amal qiluvchi mamlakatlarda hukumat boshlig’i davlat boshlig’i tomonidan tayinlanadi. Odatda bu — g’olib partiya yetakchisi yoki hukumat koalitsiyasi tarkibidagi partiya yetakchisi. O’zbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasiga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri. ―Bosh vazir Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi hamda uning samarali ishlashi uchun shaxsan javob beradi‖ deyilgan ―O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to’g’risida‖gi Qonun (yangi tahriri)ning 15-moddasida.