Husayn ibn Musallab, Amir Husayn
Husayn ibn Musallab, Amir Husayn (?— 1370) — Amir Qazag’oning nabirasi. Balx, Hisori Shodmon va Badaxshon viloyatlari hukmdori. Ajdodlari hukmronlik qilgan Movarounnahr taxtiga da’vogarlik qilgan. Avvaliga Amir Temur bilan ittifoq tuzgan va singlisi O’ljoy Turkon Og’oni Sohibqironga nikohlab bergan. Husayn ibn Musallab va Amir Temur 1363-64 yil Ilyosxoja boshliq Jete lashkarini Qamashi tumanidagi tosh-qo’rg’on qishlog’i yaqinida bo’lgan jangda mag’lub etadi. Ammo 1365 yil Toshkent va Chinoz oralig’ida Jete lashkari bilan bo’lgan jangi loydagi muvaffaqiyatsizlikdan so’ng Husayn ibn Musallab va Sohibqiron o’rtasida munosabat buziladi. 1370 yilga qadar Amir Temurning Movarounnahrni markazlashtirilgan davlatga aylantirish yo’lidagi sa’y harakatlarida asosiy to’siq bo’lgan. 1370 yil Balx shahri bo’sag’asida bo’lgan jang’da Sohibqiron Husayn ibn Musallabning qo’shinini tor-mor etadi va uni asirga olib qatl etadi. Husayn ibn Musallab Balx shahrining Sharqiy tomonidagi Xoja Ukkosha qabristoniga dafn qilingan. Ad.: Nizomiddin Shomiy. Zafarg’yuma, T., 1996; Sharafudlin Ali yazdiy, Zafarnoma, T., 1997.