IBADAN

IBADAN — Nigeriyaning Janubi- g’arbidagi shahar, Oyo shtatining ma’muriy markazi. Temir yo’l va shosse yo’llari tuguni. Aholisi 1,3 million kishidan ziyod (1990-yillar o’rtalari). Qishloq xo’jalik rayonining (kakao va boshqalar) muhim savdo markazi. Oziq- ovqat, yog’ochsozlik, kimyo, avtomobil sanoati korxonalari bor. Plastmassa va rezina buyumlari ishlab chiqariladi. Hunarmandchilikda to’qish, bo’yash va metall buyumlar tayyorlashning markazi. Universitet, Nigeriya geografiya jamiyati bor. Ibadanga 18-asr oxirida asos solingan.